Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida hokim yordamchisi tashabbusi bilan chorvachilik bilan shug’ullanuvchilar soni ko’paymoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, har bir tuman hamda shahar mahallalar kesimida hokim yordamchilari lavozimi joriy qilinib, hokim yordamchilari har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilandi.
Shirin shahrida ham hokim yordamchilari sayi-harakatlari bilan aholi bandligi ta’minlanib, tadbirkorlar safi kengaymoqda.
Mirzo Ulug’bek mahallasida joylashgan “Dala hovli”da yashovchi, uzoq vaqtdan buyon o’z tadbirkorligini yuritishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan oila hokim yordamchisi Ismadiyor Maxmudov tashabbusi bilan imtiyozli kredit asosida chorvachilik faoliyatini yo’lga qo’ydi. Endilikda ushbu oila chorvachilik faoliyatini yanada kengaytirib, o’z oilasi daromadini yaxshilashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, shu kunga qadar Mirzo Ulug’bek mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi bilan jami 4 nafar fuqaroga chorvachilik uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan bo’lib, hozirgi kunda ularning barchasi o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida ajratilayotgan kredit mablag’larining sarflanishi va aholining o’z faoliyatini yo’lga qo’yish kabi masalalar ham hokim yordamchilari tomonidan parallel ravishda monitoring ham qilib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga ko’ra, chorvachilik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab qo’yilgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan