Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish borasida amaliy ishlar qanday ketmoqda?

Mamlakatimizda mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yig‘inlarini joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish borasida bir qator ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgani barchamizga sir emas.
Bu borada, 2022 yilning may oyida o‘tkaziladigan Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazish muxim siyosiy jarayon hisoblanadi.
Mahalla raislari saylovi aholining siyosiy huquqlarini amalga oshirishda muhim bosqich hisoblanadi. Chunki aholi yaxshi kunda ham, yomon kunda ham mahallaga suyanadi. O‘zini qiynayotgan muammolar yechimini topishda yig‘in raisiga maslahat soladi. Yig‘inlarda ishning tartibli yuritilishi, belgilangan vazifalar ijrosining risoladagidek bajarilishida ham rais zimmasidagi vazifalar zalvori yuksak. Shu ma’noda bu lavozimga munosib nomzodlarni saralash muhim jarayon hisoblanadi.
Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Shuningdek, mazkur qarorga asosan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyatlar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq har bir fuqarolar yig‘inlarida saylovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish uchun Ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhi o‘z faoliyatini jamoa fikrini o‘rganish, har bir xonadonga kirib borish orqali mahallalarda aholini ko‘proq tashvishlantirayotgan masalalarni aniqlash asosida shakllantiradi. Shuning uchun ham ishchi guruhi saylovchilarga eng yaqin bo‘g‘in hisoblanadi. Saylov paytida oshkoralikni ta’minlash, eng munosib nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun adolatli saylov muhitini yaratish el-yurt g‘amida yonib yashaydigan, fidoyi insonlarning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) etib saylanishiga sabab bo‘ladi.
Joriy yilning 29-mart kuni Shirin shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda saylovga ko‘maklashuvchi shahar komissiyasi bilan hamkorlikda shaharda faoliyat yuritayotgan 7 ta fuqarolar yig‘inlarining barchasida Ishchi guruhlar tuzildi.

Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh rahbarlari va a’zolari tayinlandi. Ishchi guruhlar tarkibiga tegishli hududda joylashgan fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari kiritildi.
O‘tkazilgan yig‘ilishlarda Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari zimmasidagi muhim vazifa joylarda fuqarolar yig‘inlari raislarini (oqsoqollarini) saylash jarayonida fuqarolarning saylovlarda keng ishtirok etishi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlari to‘la amalga oshirilishi uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlarni ta’minlash, saylov jarayonining ishtirokchilari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz va og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash masalalari tushuntirib berildi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Shirin shahar mahallalaridagi ishchi guruhlari rahbarlari va a’zolar tasdiqlandi, unga ko’ra (rahbarlar):
– Do’stlik mahallasi bo’yicha G‘aniev Xudoyberdi Abduvali o‘g‘li;
– Amir Temur mahallasi bo’yicha Sultonova Safiya Nurboeva;
– Mirzo Ulug’bek mahallasi bo’yicha Mamirov Akmal Abduhalil o‘g‘li;
– Bunyodkor mahalllasi bo’yicha To‘xtaev Zafar Anorqulovich;
– Farhod mahallasi bo’yicha Musurmanov Sohibjon Anorboevich;
– Nurobod mahallasi bo’yicha Alimbekov Ziyodulla;
– Vatanparvar mahallasi bo’yicha Azimov Muhammad Mirzaahmadovich tasdiqlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan