Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Qizil yarim oy» jamiyati hamda Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda amaliy seminar o’tkazildi(VIDEO)

Xalqaro “Qizil yarim oy jamiyati” tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda va shu asosda aholiga ko’mak berib kelinmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda “Tabiiy ofatlarda boshqarish” loyihasi doirasida Xorazm, Surxondaryo, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida o’quv seminarlar o’tkazilb kelinmoqda. Ushbu loyihaning birinchi bosqichi favqulodda holatlarda fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish yo’nalishida tashkil etilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichi favqulodda holat yuz berganda qanday harakatlanish, ehtiyot choralarini ko’rish kabi muhim mavzularga bag’ishlandi.

Shirin shahrida ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida joriy yilning 26-mart kuni Amir Temur mahallasi xodimlar va aholi ishtirokida “Qizil yarim oy” jamiyati Sirdaryo viloyat bo’limi va Shirin shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda o’quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda mahalla xodimlari hamda fuqarolarga favqulodda holat ro’y berganda qanday harakatlanish va ehtiyot choralarini ko’rish kabi yo’nalishlarda mutaxassislar tomonidan amaliy tarzda seminar o’tkazildi.

Shuningdek, loyiha doirasida “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan Amir Temur mahallasiga favqulodda holatlarda zarur bo’ladigan 9 turdagi anjomlar topshirildi.

Tadbir so’nggida Shirin shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan favquloddagi holatda fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi amaliy tarzda tushuntirib o’tildi.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda “Tabiiy ofatlarda boshqarish” loyihasi doirasida mazkur seminarlar Shirin shahrida rejaga asosan davom ettirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan