Ayni kunlarda Shirin shahrining ko’plab hududlarida mamlakatimiz miqyosida davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.



Xususan, bugun 28-mart kuni Mirzo Ulug’bek mahallasi hududiga yer iqlim sharoitiga mos bo’lgan 1000 tupga yaqin manzarali tut ko’chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek qolgan hududlarga ham daraxt ko’chatlarini ekish va unga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati