Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimiga yangi o’rinbosar tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Preizdentining 2022-yil 1-martdagi tegishli farmoniga muvofiq viloyat, tuman hamda shaharlarda hokim o’rinbosari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i lavozimi joriy qilindi. Farmonga asosan, Umarova Dildoraxon Xudaynazarovna Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining o’rinbosari – oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-mart kuni Shirin shahar hokimligida shahar hokimi boshchiligida tasHkilot rahbarlari, hokimlik apparat xodimlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda yangi tayinlangan hokim o’rinbosari tanishtirilib, shahar hokimi hamda tashkilot rahbarlari uning kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yangi lavozimga tayinlangan Dildoraxon Umarova 1984-yil Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanida tug’ilgan. 2006-yil Muqimiy nomli Qo’qon pedagogika universitetining pedagogika va psixologiya yo’nalishini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Farg’ona viloyati Farg’ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida, umumiy o’rta ta’lium maktabida, Sirdaryo viloyati Shirin shahar Xalq ta’limi bo’limida turli lavozimlarda, Shirin shahar 3-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan.

Dildoraxon Umarova ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan