Saytimizga hush kelibsiz !

Vatanparvar mahallasida Navro’z bayrami keng nishonlandi

Joriy yilning 20-mart kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan Vatanparvar mahallasida “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” bosh g‘oyasi ostida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda “Eng yaxshi Navro‘z taomlari” bahoriy taomlar tanlovi hamda sumalak va bahoriy noz-ne’matlarni targ‘ib etuvchi “Bahor ne’matlari” ko‘rgazmalari tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan “Milliy kurash”, “Lanka tepish”, “Xo‘roz urishtirish”, “Tosh ko‘tarish” va har xil milliy o‘yinlar hamda kitob savdosi yarmarkalari tashkillashtirildi.

Harbiy xizmatchilarning farzandlari tomonidan “Qo‘l jangi” chiqishlari va “Sport malikalari” ko‘rgazmalari bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbirga harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun dorbozlar va polvonlar ham tashrif buyurishdi.

Tadbir so‘ngida “Eng yaxshi Navro‘z taomlari” bahoriy taomlar tanlovi hamda bahoriy noz-ne’matlarni targ‘ib etuvchi “Bahor ne’matlari” ko‘rgazmalari g‘oliblari hamda tadbirda faol qatnashgan harbiy xizmatchilarning oilalari harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Vatanparvar mahalla fuqarolar yig’ini

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan