Ona yurtimizga ezgu qadriyat va go‘zal an’analarimizni o‘zida mujassam etgan, yasharish va yangilanish, obodlik va farovonlik ayyomi Navro‘zi olam kirib keldi. Siz azizlarni mana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil, yangilanish, uyg‘onish, go‘zallik fasli bo‘lmish tarovatli bahor bayrami Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.
Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Tinchlik-omonlik, baxt-saodat, sihat-salomatlik hamisha hamrohingiz, ushbu qutlug‘ kunda qilayotgan ezgu niyatlaringiz, pok tilaklaringiz yo‘ldoshingiz bo‘lsin. Bahoriy shodlik, quvonch yil bo‘yi Sizlarni tark etmasin. Navro‘z ayyomi oilangizga xush kayfiyat, qut-baraka olib kelsin. Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!
Go’zal bayram barchangizga muborak bo’lsin!
Sarvar Sultonov
Shirin shahar hokimi