Saytimizga hush kelibsiz !

«Mahalla – ma’naviyat qo‘rg‘oni» festivali o‘tkazildi

Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Ammo bugungi tezkor globallashuv sharoitda ham o‘z milliy moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib borayotgan har qanday millat o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni yanada ulug‘lash, ularni o‘sib kelayotgan avlodlarga yetkazib berish maqsadida «Qadriyatlar oyligi» doirasida Shirin shahar Farhod mahallasida «Mahalla – ma’naviyat qo‘rg‘oni» festivali o‘tkazildi. Festival doirasida turli millatlarning urf-odatlari va an’analariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov ishtirok etib, yurtimizda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlari, ularni milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, boy ma’naviy- ta’rixiy merosimiz asosida tarbiyalash davlat siyosati darajasidagi muhim masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida shahar hokimi fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 5 nafar o’quvchi yoshlarni taqdirladi.

Festival davomida turli xil sahna ko’rinishlari namoyish qilindi, yoshlarda birdamlik, mardlik, jasorat kabi tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida arqon tortish, tosh ko‘tarish, varrak uchirish, topib tep kabi milliy xalq o‘yinlari va boshqa turli sport musobaqalar o‘tkazildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan