Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida aholini ID-kartalar bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda

Shirin shahar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (M va FRG) guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoni talablari asosida Respublikamizda joriy etilayotgan ID-kartalar bilan aholini to‘liq ta’minlash bo‘yicha 2022-yil yanvar, fevral oylari davomida jami 138 nafar fuqarolarga ID-karta berildi. Shuningdek 16 yoshga to‘lib birinchi marta fuqarolik ID-kartasini olish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha joriy yilning 18-mart kuni Shirin shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan Shirin shahar IIB M va FRG inpektori N.Sharopov maktabga kelib, o’quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida birinchi marta fuqarolik ID-kartasini olayotgan 11-sinf o‘quvchisiga fuqarolik ID-kartasi tantanali topshirildi.
O’quvchilar bilan suhbat davomida fuqarolarning ID-karta olishlari uchun kerakli bo’lgan hujjatlar va ID-kartaning avzalliklari haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shirin shahar IIB

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan