Saytimizga hush kelibsiz !

Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi

Shirin shahrida aholi bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-mart kuni Shirin energetika kollejida shahar Investitsiya va tashqi savdo bo’limi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Mehnat yarmarkasida Shirin shahri mahallalaridagi “Hokim yordamchilari” va “Yoshlar yetakchilari”, “Acwa Power” MChJ, “China Gezhouba Group Inernational Engineering Central Asia” Co., Ltd (CGGC), “Xuasheng” MChJ va “Sivil Construction Group” korxona vakillari qatnashdi.

Yarmarkada payvandchi, chilangar, elektrik, mexanik, haydovchi, yordamchi ishchi, nasosli yuk mashinasi operatori, kran operatori, oshpaz va oshpaz yordamchisi yo’nalishlarida bo’sh ish o’rinlari yarmarkaga kelgan fuqarolarga tanishtirildi.

O’tkazilgan mehnat yarmarkasida bosqichma-bosqich 100 ga yaqin fuqarolar ishga qabul qilinishi belgilab olindi.

Shirin shahar Investitsiya va tashqi savdo bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan