Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz hovli” tizimlari asosida Sirdaryo viloyati tajribasi sifatida tashkil etilgan “Xavfsiz shaxsdan-xavfsiz jamiyat sari” tizimi bo‘yicha 2022-yilning dastlabki 2 oyi davomida Shirin shahar hududida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan joriy yilning 15-mart kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i X.Abdullayev, Sirdaryo viloyati IIB XPB boshlig‘i polkovnik Sh.O‘rolov, Sirdaryo viloyati IIB JQB boshlig‘i A.Boyqulov, Shirin shahar hokimi o’rinbosari R. Boyqobilov hamda tegishli tashkilot rahbarlari, mas’ul xodimlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Tadbirda Shirin shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, bu boradagi muhim chora-tadbirlar keng muhokama qilindi.
Yakunda Shirin shahrida mahallalarda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan alohida tartibda ishlash, yoshlar, ayollar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar begilab olindi.

Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan