Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Davlat tili haqida»gi hamda «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlarning ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Shirin shahrida shahar hokimi maslahatchisi D.Kamolova va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari D.Djumabayevalar tomonidan shahar tashkilotlari, korxonalarida «Davlat tili haqida»gi Qonun ijrosi hamda tadbirkorlik reklama bannerlarining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Shirin shahrida davlat tilida ish yuritishni to‘liq yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari nomlari va tashkilot hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, tashkilotlarda yuritilayotgan hujjatlarning davlat tiliga asoslanganligi, peshlavhalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari va mahalla hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, xiyobon nomlari va xiyobon hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, shaharning Xalqlar do‘stligi, Buyuk Turon, Erksevar ko‘chalarida joylashgan jami 51 ta tadbirkorlik subyektlari o‘rganildi.

O’rganish davomida jami o’rganilgan 51 ta tadbirkorlik subyektlarining 16 tasi faoliyati (reklama va targ’ibot materiallari yuzasidan) «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablariga mos emasligi aniqlanib, bu bo’yicha tadbirkorlik subyektlariga ogohlantirish xatlari berildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan