Saytimizga hush kelibsiz !

Amir Temur mahallasida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qaroriga muvofiq, viloyat, tuman, shahar hamda mahallalarda “Zakovat” intellektual o’yinini tashkil etish tizimi belgilangan.

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ham mahallalar miqyosida “Zakovat” intellektual o’yinlari tashkil etib borilmoqda. Joriy yilning 11-mart kuni Shirin shahar Amir Temur mahallasida uyushmagan yoshlar o’rtasida mazkur o’yin tashkil qilindi.

Mazkur bellashuvda g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar musobaqaning keyingi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishi belgilangan.

Hozirda “Zakovat” intellektual o’yinlari davom etmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan