Saytimizga hush kelibsiz !

Sektor rahbarlari aholi va yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi

Aholi muammolarini o’rganish va ularni ijobiy hal etish, uyushmagan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 11-mart kuni Shirin shahar prokurori 2- sektor rahbari Ch.Maxmudov va shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i 4-sektor rahbari H.Qobilovlar boshchiligida Nurobod mahalla fuqarolar yig’inida aholi hamda yoshlar bilan ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar hamda yoshlar tomonidan ishga joylashish, tadbirkorlik, huquqiy yordam, subsidiya masalalarida jami 12 ta murojaat tinglandi. Tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan har bir murojaat o’rganilishi hamda tegishli choralar ko’rilishi natijasida 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan bo’lsa, qolgan 5 ta murojaatlar ijrosi bo’yicha sektor rahbarlarining shaxsan nazoratiga olindi.

Shirin shahar 2-sektor shtabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan