Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi

Yoshlarning muammo va takliflarini o’rganish, ularni har jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida joylarda sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari tashkil qilib borilmoqda.
Joriy yilning 10-mart kuni Shirin shahar Farhod mahallasida sektor rahbarlari va yoshalr uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati ishga joylashish hamda tadbirkorlik masalalarida bo’ldi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan jami 5 ta murojaatning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 3 ta murojaat muddat talab qilganligi bois qat’iy nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida shuningdek, akademik eshkak eshish, stol tennisi, boks, o’zbek jang san’ati sport turidan O’zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan yosh sportchilar hamda ularning murabbiylari shahar sektor rahbarlari hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan tadqirlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan