O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6208-sonli farmoniga ko’ra, «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o’qish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha qoplab berilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi – «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limiga murojaat qilishlari mumkin!
Murojaat uchun telefon: +998 67 764 37 04