Shirin shahar sektor rahbarlarining dorixona faoliyatini yo’lga qo’ygan tadbirkorlar bilan uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

0
473

Hozirgi kunda tarkibida giyohvandlik vositasi bo’lgan, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan O’zbekistonda kontrabanda yo’li bilan olib kirish holatlari ko’payib borayotganligini va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ko’plab dorixonalar yuqori daromad olish maqsadida ularning noqonuniy savdosi bilan shug’ullanib kelayotganliklari kuzatilmoqda.

Bunday dori vositalarining giyohvandlik vositalariga nisbatan narxi arzonligi aholi, ayniqsa yoshlar orasida ularga nisbatan ehtiyojni kuchaytirib, o’z navbatida, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu kabi qonunbuzarlik holatlari va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida mamlakatimizda ko’plab tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 19 may kuni Shirin shahar sektor rahbarlari shaharda dorixona faoliyatini yo’lga qo’ygan tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad yuqorida qayd etilganidek, psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosini, aholi o’rtasida giyohvand moddalar mavjud bo’lgan dori vositalarini tarqalishini oldini olishdir. Uchrashuvda sektor rahbarlari tomonidan bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarliklar tushuntirib o’tildi.

Ma’lumot uchun, psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosini oldini olish bo’yicha profilaktik tadbirlarga qaramasdan shu kabi holatlar uchramoqda, xususan, Ichki ishlar vazirligi tekzor xizmatlari tomonidan joriy yilning aprel oyi davomida Toshkent shahridagi dorixonlarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog’liq 12 ta holat aniqlanib, ushlangan 21 nafar shaxsdan jami 10 227 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here