Saytimizga hush kelibsiz !

«Oila baxtli bo’lsa, jamiyat mustahkam bo’ladi» shiori ostida uchrashuv

Joriy yilning 14-fevral kuni Shirin shahar 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida «Oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor, «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, xalqaro toifadagi notiqlik boʻyicha murabbiy Jamila Shermuhammedova ishtirok etdi. Professor Jamila Shermuhammedova tadbirda ishtirok etgan yoshlar, xotin-qizlar, harbiy xizmatchilarga Yangi O‘zbekiston, Uchinchi renessansni qurishda oila muhim vosita ekanligini, yoshlarda oila haqidagi tasavvurlarni shakllanishida kitobning o‘rni, oila milliy qadriyatlar va sharqona madaniyat poydevori ekanligini ta’kidlab o‘tdi hamda ishtirokchilar bilan burch, mas’uliyat, vatanparvarlik, daxldorlik kabi tuyg‘ularni shakllantirishga oid trening o‘tkazdi. Tadbir ishtirokchilarda, ayniqsa yoshlarda katta tassurot qoldirdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan