Barchaga ma’lumki, har bir davlat har sohada faqat va faqat rivojlanishni maqsad qilib, bu borada kelgusi yillar uchun strategiya ishlab chiqadi va shu asosda aniq maqsadlar sari harakat qiladi. O’zbekiston Respublikasining ham 2022-2026 yillarga mo’ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy ylda “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi chop etildi. Ushbu kitobda kelgusi besh yillikda mamlakatimizda har sohada amalga oshiriladigan keng ko’lamli ishlar, islohotlar keltirib o’tilgan. Ushbu kitobda jami 100 ta maqsadni o’zida mujassam qilgan 7 ta yo’nalish aks etgan.
O’zbekistonning kelajagiga befarq bo’lmagan inson borki, ushbu strategiyani to’la anglab yetishi lozim. Shu tashabbusni maqsad qilgan holda joriy yilning 15-fevral kuni Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov hamda hokim maslahatchisi Dilnoza Kamolovalar 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida shahardagi jami umumta’lim maktabi direktorlari, direktor o’rinbosarlari, psixologlar bilan “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar yuzasidan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda pedagoglarning ushbu strategiya bo’yicha tushunchalari, fikr va mulohazalari o’rganilib, bu borada bilimlari sinovdan o’tkazildi.
“Mamlakatimizni kelajakda qanday o’zgarishlar, yangilanishlar kutayotganligini bilish har birimizning shu Vatanning farzandi, fuqarosi sifatida burchimiz hisoblanadi. Shuning uchun, siz aziz ustozlar Vatanimizning kelgusida taraqqiyot strategiyasini bilishingiz o’ta muhim o’rin tutadi. Zero, sizlar kelajak avlodga to’gri yo’l ko’rsatgan holda ta’lim berasizlar. “Yangi O’zbekiston strategiyasi”ni birinchi navbatda pedagoglarimiz to’liq anglab yetishi lozim ” – deydi shahar hokimi uchrashuv mobaynida.
Uchrashuv yakunida shahar hokimi ushbu strategiya bo’yicha yana ko’plab uchrashuvlar, seminarlar tashkil etilishini ta’kidlab o’tdi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati