Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida yashovchi bir guruh «Afg’on urushi» qatnashchilari uchun bayramona tadbir tashkil etildi

1979-1989 yillar. Bu yillar oralig‘ida dunyo bo‘ylab ko‘plab fan va ta’lim sohasida qator kashfiyotlar, yangilanishlar va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Lekin ko‘pchilik ushbu o‘n yillik davr oralig‘ini butunlay boshqacha xotiralar bilan eslaydi, beixtiyor. «Afg‘on urushi» deya tarixda nom qoldirgan ushbu o‘n yillik asosan, mana shu nom bilan eslanadi.

15-fevral sanasida har yili mamlakatimizda «Afg‘on urushi» qatnashchilari – o‘sha mash’um yillardagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan baynalminalchi harbiylarning fidokorona zaxmatlari yodga olinadi, ularning ko‘ksidagi medallar va orlenlarga biroz tikilgan ko‘zlar tubida bir zumga bo‘lsa ham tarixga qaytib, o‘sha davrdagi urush va qonli to‘qnashuvlar ko‘z ostidan o‘tganday tuyuladi.

Joriy yilning 15-fevral kuni Shirin shahrida yashovchi bir guruh baynalminalchi sobiq harbiylarga hurmat ko‘rsatildi. Shahar hokimligi tomonidan bayramona dasturxon yozilib, ko’taringki ruhda tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o‘sha urush yillaridagi qiyinchiliklar va fidokorona xizmatlari uchun yig’ilgan barcha mehomonlarga shahar hokimligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan