Saytimizga hush kelibsiz !

Sirdaryo viloyat sud tizimi vakillari Shirin shahrida aholi bilan sayyor uchrashuv o’tkazdi

Sirdaryo viloyat sudining sudyalari va Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudining raisi va Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudining raislari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajralish, tadbirkorlik subektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda bir guruh fuqarolarga  yuridik va jismoniy shaxslar vakillarining murojaatlariga qonuniy tartibda tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarga, dehqonchilik uchun yer maydonlari kimlarga va qay tartibda berilishi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha tashkilotlariga qabul qilinishida imtiyozlar xususida, nikoh masalalari haqida, aliment undirish bilan bog‘liq nizolar, ularni sud tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy qoidalari, shuningdek, boshqa bir qancha o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan tashkilotchilar tomonidan ma’lumot hamda tegishli huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Sirdaryo viloyat sudi raisi, Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan tasdiqlangan reja asosida 2022-yil davomida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikoh, tadbirkorlik subektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabullar davom ettirilishi belgilangan.

Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan