Saytimizga hush kelibsiz !

“XXI asr ayoli” mavzusida tadbir o’tkazildi

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Sirdaryo viloyati, Shirin shahar bo‘linmasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shirin shahar Kengashi hamkorlikda joriy yilning 7-mart kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan ajratilgan Davlat grantlari asosida tashkil etilgan “Yangicha fikrlash muvaffaqiyatlar omili ” nomli loyihasi doirasida Shirin shahrida Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan “XXI asr ayoli” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Sirdaryo viloyati, Shirin shahar bo‘linmasi ijrochi direktori X. Xalilov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shirin shahar Kengashi raisi U. Normatov, shahardagi umumta’lim maktabining o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etgan tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlar safi kengayib borayotganligi, ularga davlat tomonidan ko’plab imkoniyatlar yaratilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib borayotganligi, gender tengligi bo’yicha qator islohotlar olib borilayotganligi aytib o’tilib, barcha xotin-qizlarga 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik yo’llandi.

Tadbir davomida o’zining ijtimoiy faolligi bilan namuna bo’layotgan bir guruh xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan