Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida yana bir yangi savdo majmuasi o’z ish faoliyatini boshladi

Shirin shahrida tadbirkorlik subyektlari hamda ularning aholiga xizmat ko’rsatish ko’lami kengaymoqda. Joriy yilning 2-mart kuni Shirin shahar Mirzo Ulug’bek mahallasida joylashgan “Umriniso ona orzulari” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli aholiga maishiy xizmat ko’rsatish savdo majmuasi o’z ish faoliyatini boshladi. Shirin shahar birinchi sektor rahbari Sarvar Sultonov, tegishli tashkilot rahbarlari, bir guruh tadbirkorlar ishtirokida o’tkazilgan ochilish marosimida shahar hokimi va boshqa tadbir ishtirokchilari so’zga chiqib, ushbu tadbirkorning kelgusi ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so’ng, nuroniylar duosi bilan savdo do’koni rasman ochilib, aholiga xizmat ko’rsatishni boshladi.

Ma’lumot uchun, mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan jami 750 mln so’mlik mablag’ asosida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish faoliyati yo’lga qo’yildi va savdo do’konida 6 ta bo’sh ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan