Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrining bir guruh maktab bitiruvchilari fan olimpiadasining Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi

Har yili an’anaviy tarzda o’tkaziladigan Respublika fanlar olimpiadasining Sirdaryo viloyati bosqichida Shirin shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Joriy yilning 25-27-fevral kunlari Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan fanlar olimpiadasining viloyat bosqichida Shirin shahar 2-umumta‘lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sevinch Norqo‘ziyeva ingliz tili fanidan 2-o‘rinni, 3-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Firdavs Xalillayev nemis tili fanidan 1-o‘rinni, 4-umumta‘lim maktabi o‘quvchilari Azizbek Xudoyberdiyev tarix fanidan 1-o‘rinni, Jahongir Axmatov esa geografiya fanidan 1-o‘rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, 3-umumta‘lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Hurmatoy Umarova ham ushbu olimpiadada ingliz tili fanidan 2-o‘rinni qo’lga kiritdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorida belgilangan nizomga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari o’rtasidagi fan olimpiadalarining viloyat bosqichida faxrli 3 ta o’rinni egallagan o’quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Shrin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan