Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida 3 nafar shaxs aliment to’lamaganligi sababli 15 sutkaga qamaldi

Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi tomonidan undiruv borasida qator choralar ko’rilmoqda. Xususan, Shirin shahar Nurobod mahallasida yashovchi ikka nafar farzandning otasi Sh.O 2 oydan buyon farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to’lovlarini to’lamaganligi sababli Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi tomonidan taqdim qilingan huquqbuzarlik to’g’risidagi ish asosida fuqaro Sh.O ga nisbatan sudning 2022-yil 17-fevraldagi tegishli qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Shirin shahar Farhod mahallasida yashovchi N.H ham bir nafar farzandi uchun aliment to’lovlarini 2 oydan ortiq vaqt davomida to’lamay kelganligi sababli sudning tegishli qaroriga ko’ra fuqaro N.H ga ham 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shu bilan birgalikda, Farhod mahallasida yashovchi yana bir aliment to’lashdan bosh tortgan fuqaro M.I ga nisbatan sudning tegishli qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Yuqorida keltirilgan fuqarolar keyinchalik takroran ikki oy davomida aliment to‘lovlarini to‘lamagan taqdirda jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan