Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 43-sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari hamda OAV vakillari ishtirokida joriy yilning 28-fevral kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 43-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritildi:

– Sessiyalar oralig’ida qabul qilingan ayrim qarorlarnii tasdiqlash;

– shahar maktabgacha ta’lim bo’limi rahbari hisoboti;

– shirin shahrida Yo’l harakati xafsizligi yuzasidan shaharda o’tgan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar;

-Xalq qabulxonasi tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha kelib tushayotgan murojaatlami tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o’rganish yuzasidan axborot;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining  shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan  amalga oshirilgan ishlar to’g’risida;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida;

– Boshqa masalalar.

Mazkur sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlarning hisoboti o’qib eshittirildi. Sessiya yakuni hokim yordamchilari faoliyati yuzasida OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan