Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida mahallalardagi yoshlar yetakchilariga ish faoliyati uchun kerakli jihozlar va kompyuter jamlanmalari topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qaroriga muvofiq, Respublikamizning barcha mahallalarida yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilindi. Qarorga ko’ra har bir mahallalardagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib:
– “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
– mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
– yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
– yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
– huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish va shu kabi qator vazifalar belgilandi.

Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi har bir mahallalarda yoshlar yetakchilari tayinlanib, hozirgi kunda ular o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilning 28-fevral kuni Shirin shahar hokim Sarvar Sultonov ishtirokida barcha mahallalarda tayinlangan yoshlar yetakchilari ish samaradorligini oshirish hamda ularga yetarlicha sharoit yaratish maqsadida ularning har biriga zaomaviy kompyuter hamda kerakli jihozlar jamlanmasi topshirildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan