Saytimizga hush kelibsiz !

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Shirin shahridagi yo’llar ta’mirlanadi, ko’chalarga yo’l belgilari o’rnatiladi

Shirin shahar hokimining № 64-9-131-Q/22 hamda №65-9-131-Q/22 sonli qarorlari bilan:

– shahar hududida yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, Energetika kolleji va mahalliy ahamiyatdagi 4K-660 avtomobil yoʻlining 27-km (eski bozor hududi) ga tezlikni kamaytiruvchi (3.24-yoʻl belgilari 50/30 hamda sun’iy notekisliklar) yoʻl belgilarini oʻrnatiladi;

– 4K-660 avtomobil yoʻlining 29-km qismida “Farhod GES” unitar korxonasi ustida joylashgan  koʻprik kelgusida ogʻir turdagi transport vositalarining harakatlanishi oqibatida nosoz holatga kelib qolishini oldini olish maqsadida koʻprikning kirish-chiqish yoʻnalishlariga 8 tonnadan yuqori boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi cheklash boʻyicha yoʻl belgilarini oʻrnatish;

– Shirin shahar hududidagi mahalliy ahamiyatga ega umumfoydalanuvdagi 4K-660a avtomobil yoʻlining 0+070 km. qismi “Janubiy Mirzachoʻl” kanali ustida joylashgan koʻprik nosoz holatga kelganligi sababli koʻprikning kirib chiqish qismida ogʻir turdagi transport vositalarining navbati bilan harakatlanishini tartibga solinadi;

– shahar hududidagi barcha yoʻl belgilarini tartibga solinadi, taʼmirlanadi va yangisiga almashtiriladi hamda barcha yoʻl chiziqlarini chiziladi;

– yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻllarda tirbandlikni oldini olish maqsadida shahar hududidagi koʻp qavatli uylar oraligʻidagi ichki yoʻllarga ogʻir turdagi yuk mashinalarini kirishini taqiqlash va shaharning markaziy koʻchalarida ogʻir turdagi yuk mashinalarini to‘xtab turishini taqiqlash boʻyicha yoʻl belgilarini oʻrnatish vazifasi berildi.

– Qoqon-Jizzax (A-376) yoʻlining 190-191-km.ga “Sirdaryo IES” AJ ko’prigidan Nurobod mahallasi hududigacha bo’lgan maasofadagi ta’mirtalab yo’llar ta’mirlanadi, ushbu hududlarga 3.20-quvib o’tish taqiqlangan, 3.25-yuqori tezlikni cheklovchi yo’l belgilari o’rnatiladi;

– Boyovut-Shirin (4N-660) yoʻlining 22-30-km.ga “Dala hovli”dan “Farhod GES koʻprigigacha boʻlgan masofadagi taʼmirtalab yoʻllarni taʼmirlanadi, “Dala hovli”, Xalqlar Doʻstligi-Yurtsevar, Xalqlar Doʻstligi-Ibn Sino, Xalqlar Doʻstligi-Axillik koʻchalari kesishmasiga 3.20-quvib oʻtish taqiqlangan, 3.25-yuqori tezlikni cheklovchi, 7.1.2-masofani cheklovchi yoʻl belgilari o’rnatiladi;

– Boyovut-Shirin (4N-660) yoʻlining 22-km.ga “Dala xovli” hududiga, Qoqon-Jizzax (A-376) yoʻlining 191-km.ga Nurobod mahallasi, 187- km Xalqlar Doʻstligi koʻchasi, 188-km Issiqxona oldiga 5.41-foto va radarlarni qayd qilish yoʻl belgilari o’rnatiladi;

– Shahar hududidagi 4N-650-yoʻlining 1-4 km.ga boʻlgan masofa taʼmirlanadi, 1-km.ga Sud binosi oldiga, 3-km.ga Axillik koʻchasiga 3.25-yuqori tezlikni cheklovchi yoʻl belgilarini oʻrnatiladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan