Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga yangi direktor tayinlandi

Shirin shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga Ergasheva Zulayho Yuldashevna direktor etib tayinlandi. Zulayho Ergasheva 1989-yil Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug’ilgan. 2008-yil Shirin energetika kollejini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (sirtqi) 1-kurs bosqichida iqtisodiyot yo’nalishida tahsil olmoqda.

Zulayho Ergasheva mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida yetakchi muitaxassis va bo’lim boshlig’i, Guliston shahar tibbiyot birlashmasida bo’lim boshlig’i, Guliston shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazining qator lavozimlarida ishlagan.

Ergasheva Zulayho Yuldashevna mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Kadrlar bo’yicha inspektor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan