Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida hokim yordamchilariga kompyuter jamlanmalari topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” PF-29-sonli farmoni hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qaroriga asosan Respublikamizning har bir mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi joriy qilindi, shuningdek, har bir tuman hamda shaharlarda Mahallabay ishlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil qilindi. Endilikda har bir mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash natijasida aholining ijtimoiy holati yaxshilanadi. Bunday tizimli ishlarga har bir mahallalar kesimida tayinlangan hokim yordamchilari mas’ul ekanliklari belgilandi.

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ham har bir mahallalarda hokim yordamchilari tayinlanib, hozirgi kunda yordamchilar o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilning 26-fevral kuni Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov ishtirokida ish samaradorligini oshirish va yetarli sharoit yaratish maqsadida har bir mahallalardagi hokim yordamchilari hamda Mahallabay ishlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan