Shirin shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hozirgi kunga qadar jami 216 nafarni tashkil qilib shundan, 142 nafari 2021yil 14-iyun kunidagi O‘RQ-696-sonli Qonunining 6-moddasi asosida tan olishga hujjat topshirgan bo‘lib, shundan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, deb tan olindi va ushbu fuqarolarga Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.
Bugungi kunda O‘RQ-696-sonli Qonunining 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan arizalar qabul qilish ishlari davom etmoqda. Hozirgi kunda shahar IIB M va FRG tomonidan ushbu qonuning mazmun mohiyatini mahallalarda o‘tkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tushuntirib berilmoqda.
Shirin shahar IIB M va FRG tomonidan ID-kartalar berish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmonini ijrosini taminlash Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan quydagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan joriy 2021-yil davomida 755 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, 58 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, 73 nafar doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga ID-kartalar berildi. Shu bilan birgalikda, Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan imkoniyati cheklangan, nogironligi bo’lgan fuqarolarga ularning yashash xonadonlariga borib ID-kartalar rasmiylashtirib berilmoqda.
Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi eslatib o’tadi, identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z ixtiyoriga ko‘ra, xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilishlari mumkin.
Shirin shahar IIB M va FRG tomonidan xorijga chiqish pasportlarini berish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son Qaroriga asosan joriy yilda Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan 121 nafar hamda 21 nafar 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari rasmiyshtirib berildi.
Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi