Joriy yilning 9-11-fevral kunlari Toshkent viloyatida mexanik eshkak eshish sport yo’nalishidan O’zbekiston chempionati bahslari bo’lib o’tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Sirdaryo viloyati Shirin shahar Bolalar-o’smirlar sport maktabi sportchilari ham munosib ishtirok etib qaytishdi.
Мiks yo’nalishida 4×500 Abdukarim Farmonqulov, Noila Qosimova, Abror Ergashev, Basima Sattarovalar 1-o’rinni;
17 yoshgacha yoshlar o’rtasida miks yo’nalishida Ibrohim Mamatkarimov, Sherzod Yusupov, Aziza Murodova, Surayyo Qo’simurodovalar 3-o’rinni egallashdi.
Shu bilan bir qatorda yangi tashkil etilga para akademik eshkak eshish sportchilari murabbiyi Alisher Toshkentboyev boshchiligida Xayitboy Nematov 2-o’rin, Asadbek Mannobovlar 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.
19 yoshgacha yoshlar o’rtasida yakka bahslarda Sattarova Basima 1-o’rinni egallab (2000 m masofada) Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’ga kiritdi. Yana bir quvonarli jihati shundaki, shahrimiz sportchisi Basima Sattorova 19 yoshgacha bo’lgan sportchilar o’rtasida O’zbekiston rekordini yangiladi. Ya’ni u belgilangan marraga 7 daqiqa 48 soniyada yetib kelgan. Bundan avvalgi rekord natija esa 7 daqiqa 58 soniya bo’lgan.
Ma’lumot uchun, mexanik eshkak eshish sport turi bo’yicha Osiyo chempionati joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tishi belgilangan.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati