Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida korxona, tashkilotlar va aholi o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida sustkashlikka yo’l qo’ygan mas’ullar ogohlantirildi

Joriy yilning 10-fevral kuni Shirin shahar Ichki ishlar bo’limida shahar hokimligi, shahar IIB, Din ishlari bo’yicha qo’mita vakili, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo’linmasi boshchiligida, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ullar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Uchrashuvda mahallalarda aholi o’rtasida shuningdek, korxona va tashkilotlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, diniy ekstrimizm va aqidaparastlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar tashkil etish masalalari tanqidiy muhokama qilindi va bu borada jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan mas’ullar ogohlantirildi.

Shu bilan birgalikda, yig’ilish davomida hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilarining ham bu borada mas’uliyati tushuntirib o’tildi.

Shuningdek, tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunning mazmun mohiyati ham tushuntirib o’tildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan