Saytimizga hush kelibsiz !

O’zbekiston chempionatida Shirin shahrining yosh sportchilari faxrli o’rinlarni egallab qaytishdi

Joriy yining 5-7-fevral kunlari Toshkent shahrida sportning o’zbek jang san’ati turi bo’yicha O’zbekiston chempionati musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Shirin shahar Bolalar o’smirlar sport maktabi O’zbek jang san’ati sport turi bo’yicha Erkin Po’latov murabbiyligi qo’lostidagi o’smirlar mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib qaytishdi.
Shirin shahrida jami 6 nafar yosh sportchilar ushbu musobaqada ishtirok etib, shundan 3 nafar sportchilar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib, qaytdi. Yakuniy natijalarga ko’ra:

Abduvoxid Abdug’aniyev 27 kg vaznda 3-o’rin
Sardor Gazibekov +40 kg vaznda 2-o’rin
Maxliyo Abdurahmonova 50 kg 2-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Shirin shahar Bolalar-o’smirlar sport maktabi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan