Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2022-yil 4-fevral kungi tegishli qaroriga muvofiq, Sariyev Oybek Mavlonovich Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sariyev Oybek Mavlonovich 1974-yil Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan tug’ilgan. 1996-yil Guliston davlat universitetining tarix yo’nalishini tamomlagan. Oybek Sariyev mehnat faoliyati davomida Shirin shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, “Kamolot” YIH Shirin shahar Kengashi raisi o’rinbosari, Shirin shahar Xalq ta’limi bo’limi mudiri va boshqa bir qancha lavozimlarda ishlagan.
Sariyev Oybek Mavlonovich ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan