Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro‘yxatga olish tadbirlari xususida

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. Ushbu
tadbir aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbayi boʻlib, kelgusi 10-20-yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblashda ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
shakllantiriladi.
Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi. Roʻyxatga olishda toʻplanadigan statistik maʼlumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Bu tadbirni oʻtkazishda roʻyxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biridir. Zero maʼlumotlarning toʻgʻriligiga bevosita ular masʼul boʻladi va shakllantirilgan maʼlumotlar real boʻlishi kerak.
Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar har xil yoshda va kasbda ishlashi, birinchi
navbatda, Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari
xodimlari, statistika yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar boʻlishi mumkin.
Ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugʻilsa, qoʻshimcha maslahatlar beriladi. Ushbu tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlaramaldagi hujjatlarga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi.

Shirin shahar statistika bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan