Barchamizga ma’lumki, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Ushbui strategiyada kelgusi yillar mobaynida mamlakatni har jabhada rivojlanish yo’lidan borishi asoslantirilgan holda yoritib berilgan.
Joriy yilning 7-fevral kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyat bo’linmasi rahbari Dilshunos Abdullayev hamda shahar hokimi Sarvar Sultonov tomonidan bir guruh tegishli tashkilot rahbarlari, Shirin energetika kolleji o’quvchilari ishtirokida “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning 7 ta yo’nalishi bo’yicha 100 ta g’oyani amalga oshirishga qaratilgan seminar tashkil qilindi.
Seminarda umummilliy harakatning viloyat bo’linmasi rahbari tomonidan strategiyaning 7 ta yo’nalishidagi har bir g’oya va maqsadlar aniq tushuntirib o’tildi.
Seminar davomida shuningdek, shahar hokimi ham so’zga chiqib, 207-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, mamlakatimizda yaqin 5 yil ichida ro’y bergan muhim yangilanishlar, o’zgarishlar shu bilan birgalikda 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida to’xtalib o’tdi.
Seminar yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati