Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Bir nuroniyga o’n nafar yosh» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil qilindi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yil Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili deb e’lon qilindi. Shu asnoda inson manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yishda mahalla tizimining o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning        19 yanvar kuni qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 92-sonli qarori bilan har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda ularni hayotda o’z o’rnini topishda ko’maklashish maqsadida joriy yilning 4-fevral kuni Shirin shahrida joylashgan harbiy qismda “Bir nuroniyga 10 nafar yosh” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi vakili Ma’murjon Shukurov, viloyat “Nuroniy” kengashi raisi O’tbosar Abdiyev, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov, harbiy qism komandiri, nuroniylar, mahalalardagi yoshlar yetakchilari va bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so’zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yosh avlodga berilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik, nuroniylarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-yanvar kuni qabul qilingan 92-sonli qarori mazmun-mohiyati loyiha ishtirokchilariga tushuntirilib, yoshlar siyosati borasida kelgusida amalga oshirlishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar aytib o’tildi.

“Bir nuroniyga 10 nafar yosh” loyihasi doirasida tashkil qilingan uchrashuv davomida mahalla raislari hamda har bir mahalla miqyosida tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan birgalikda o’quv seminar tashkil qilindi. Mazkur seminarda yoshlar yetakchilari va ularning ish faoliyatidagi muhim vazifalar xususida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi vakili hamda viloyat “Nuroniy” kengashi raisi tomonidan muhim ko’rsatmalar, tushuncha va tavsiyalar berib o’tildi.

Loyiha davomida nuroniylar va yoshlar ishtirokida shaxmat va shashka sport turidan musobaqalar ham tashkil qilindi.

Tadbir yakunida mazkur harbiy qismda joylashgan xotira maydoniga ham tashrif buyurilib, u yerda vatan uchun jon fido qilgan askarlar xotirasi yod etildi.

Shirin shahrida “Bir nuroniyga 10 nafar yosh” loyihasi doirasida tashkil qilingan mazkur uchrashuv yuqori saviyada bo’lib o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan