Xabaringiz bor, joriy yilning 25-yanvar kuni mamlakatimiz hamda ayrim qo‘shni davlatlarda elektr energiyasida biroz uzilishlar kuzatildi. Xususan, ayni vaqtda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida bo‘lib o‘tgan tizimdagi avariyaviy o‘chishlardan keyin, energobloklarni barqaror ishlashi yuzasidan tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Avariya holati natijasida korxonada va elektr ta’minoti tizimida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi.
Hozirda 5 ta energobloklar ishga tushirilib, endilikda 6-energoblokni ham ishga tushirish ishlari olib borilayapti.
Avariyaviy o‘chish holati yuz bergan kunning o‘zida Sirdaryo viloyatining ko‘plab tuman hamda shaharlarida elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklandi, xususan Shirin shahrida ham soat 18:00 da elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Joriy yilning 25-yanvar kunidagi favqulodda avariyaviy o‘chishdan keyin bo‘lgan nuqson va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etib borilmoqda.
Korxonada energobloklarni bosqichma-bosqich ishga tushirish jarayonlari stantsiyaning malakali mutaxassislari tomonidan jadal tarzda davom ettirilmoqda.
Stansiya o‘rnatilgan 2 850 MW quvvatga erishishi uchun ayni vaqtda barcha zaruriy choralar ko‘rmoqda.
Qisqa muddatlarda qolgan yana 5 ta energobloklarni ham ishga tushirib, stansiya to‘la quvvatga chiqishga erishiladi.
Ushbu ishlarga Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasining malakali va tajribali barcha mutaxasislari jalb etilgan.
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi xodimlari xalqimizni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bor kuch va salohiyatini safarbar etgan.
Ma’lumot o’rnida, ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi butun elektr energiyasining qariyb 30 %i “Sirdaryo IES” AJ hissasiga to’g’ri keladi.