Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhining 2021-yilgi faoliyati to’g’risida qisqacha…

Shirin shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jami hozirgi kunga qadar 216 nafar bo‘lib shundan, 142 nafari 13.03.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik to‘g‘risida”gi 610-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2021 yil 14 iyun kunidagi O‘RQ-696-sonli qonuning 6-moddasi asosida tan olishga hujjat topshirgan bo‘lib, shulardan 142 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindi va ushbu fuqarolarga Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2021-yil 14-iyun kunidagi O‘RQ-696-sonli qonuning 6-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan arizalar qabul qilish ishlari davom etmoqda, hozirgi kunda shahar IIB MvaFRG tomonidan ushbu qonuning mazmun mohiyatini maxallalarda o‘tkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga  tushuntirib berilmoqda.

Shirin shahar IIB M va FRG tomonidan ID-kartalar berish davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmonini ijrosini taminlash Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan quydagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan joriy 2021-yil davomida 755 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartalar berildi, 52 nafar fuqarolgi bo‘lmagan shaxslarga ID-kartalar berildi, 67 nafar doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga ID-kartalar berildi. Hamda Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan aholining O‘zbekiston fuqarolik ID-kartalarini olishlari uchun bo‘limga kelishga imkoniyati bo‘lmagan nogiron, ko‘zi ojiz fuqarolarimizning yashash xonadonlariga borib ID-kartalar bilan rasmiylashtirilib berilmoqda.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi aholiga murojaat qilib, identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi ID-kartalar berish hamda fuqarolikni rasmiylashtirish borasida shahar Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikda tizimli ravishda ishni tashkil qilib bormoqda.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan