Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimi ta’lim-tarbiya yuzasidan soha xodimlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi

Xalqimiz hamisha ustozlarni e’zozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qo‘yib kelgan. “Ustoz ota kabi ulug‘” degan hikmatli naql ham bejiz aytilmagan. Zero, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.
Shu bois keyingi to‘rt yilda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Ta’lim tizimini isloh etish jarayonida o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida aholi muammolarini o’rganish, joylarda o’tkazilayotgan uchrashuvlar, ommaviy qabullar va ochiq muloqotlar natijasida xalq orasidagi muammoli masalalarga yechim topilmoqda.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Shirin sha har hokimi Sarvar Sultonov ta’lim-tarbiya va ma’naviy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan soha xodimlari, Din ishlari bo’yicha qo’mita vakili O. G’afurov, OAV vakillari ishtirokida bilan uchrashuv o’tkazdi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda shahar hokimi yaqin yillar mobaynida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularnin Shirin shahriga ijobiy ta’siri xususida yaqqol misollar bilan to’xtalib o’tdi.
Ochiq muloqot davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi va undagi muhim vazifalar, har bir sohada kelgusi yillarda belgilangan aniq rejalar xususida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi mutaxassisi I. Irisqulov tomonidan qisqacha axborot o’qib eshittirildi.

Shuningdek, shahar xalq ta’limi bo’limi mudiri J. Jumanazarov o’tgan yillar mobaynida Shirin shahrida ta’lim sifatini va samaradorligining sezilarli darajada oshganligi, xususan shahar umumta’lim maktablarida bitiruvchilarning Oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlari ham yaxshilanib borayotganligi, shu bilan bir qatorda maktablarda 5 ta muhim tashabbus bo’yicha moddiy texnik baza yetarli emasligini o’z navbatida kamchilik sifatida qayd etib o’tdi. Shu bilan birgalikda, ta’lim va tarbiyaning islom dinida qanchalik muhim ekanligi xususida «Nurli yo’l» jome masjidi imom xatibi L. Zokirov mav’iza qildi.
Uchrashuvda o’qituvchilar tomonidan takliflar, muammolari bilan hokimga murojaatlar yo’llandi, bahs munozara hamda ta’lim sohasida interaktiv metodlardan foydalanish va hokazo mavzularda suhbatlar olib borildi.
Ochiq muloqot yakunida shahar hokimi maktablarda qaysi fan o’qituvchisi bo’lishidan qat’i nazar ingliz tilidan “C1” sertifikatini qo’lga kiritishni astoydil maqsad qilgan pedagoglarga moddiy jihatdan yordam berishga tayyor ekanligini bildirish bilan bir qatorda, o’qituvchi va murabbiylarning murojaatlaridagi muammolarni doim imkon qadar ijobiy yechim topishga tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan