Fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash va ulardagi muammoli masalalarni hal etish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada sayyor qabullar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o’z samarasini berib kelmoqda. Joriy yilning 19-yanvar kuni Shirin shahar 1-sektor rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi qabulini o’tkazdi.
Uchrashuvda ishga joylashish, uy-joy, huquqiy yordam, kommunal xizmat ko’rsatish, moddiy yordam va boshqa masalalarda jami 12 ta murojaatlar qabul qilindi. Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilot rahbarlari va mahalla raislari ishtirokida har bir murojaat tahliliy ko’rib chiqildi va jami 6 ta murojaat joyida ijobiy yechim topdi, 3 ta murojaatga huquqiy tushuntirish va maslahat berildi va qolgan 3 ta murojaat sektor rahbarining qat’iy nazoratiga olindi.
Shirin shahar 1-sektor shtabi