Saytimizga hush kelibsiz !

“Shirinshahargaz” gaz ta’minoti bo’limiga yangi boshliq tayinlandi

“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining tegishli buyrug’iga asosan, “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti bo’limiga Mamatqulov Murodjon Berdiqulovich boshliq etib tayinlandi.

Murodjon Mamatqulov 1979-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug’ilgan. 2003-yil Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Boyovuttumangaz”, “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti korxonalarida bir qator lavozimlarda ishlagan.
Murodjon Mamatqulov ushbu tayinlovga qadar “Boyovuttumangaz” gaz ta’minoti bo’limi avariya dispetcherlik xizmati boshlig’i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan Mamarizayev Nimat Axmadaliyevich tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

Nimat Mamarizayev 38 yil mobaynida ushbu sohada faoliyat yuritgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan