Saytimizga hush kelibsiz !

Aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot

Hozirgi kunda har bir mas’ul rahbar oldidagi eng birinchi vazifa – bu xalqni rozi qilish, ularning muammo va masalalarini hal etish. Shu maqsadda sektor rahbarlari tomonidan joylarda aholi bilan sayyor qabullar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda. Joriy yilning 18-yanvar kuni Shirin shahar birinchi sektor rahbari Nurobod mahallasida aholi hamda yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, moddiy yordam kabi masalalarda murojaatlar qabul qilingan bo’lsa, yoshlar tomonidan asosan, subsidiya, tadbirkorlik hamda kredit olish yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar o’rganilib, tahlil qilingan holda kredit olish borasidagi murojaatlar ijobiy hal etilishiga kelishib olindi. Subsidiya olish istagini bildirgan yoshlarga huquqiy ko’mak berilib, mezonlar asosida ularga ham subsidiya ajratiladigan bo’ldi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati muddat talab qilganligi sababli nazoratga olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan