Xabaringiz bor, Prezident Farmoni bilan har bir tuman hamda shaharlarda hokim yordamchilari lavozimi joriy qilinib, hokim yordamchilari har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilandi. Shuningdek, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish borasidan ham ko’makchi bo’ladi.
Joriy yilning 17-yanvar kuni Shirin shahar Do’stlik mahallasida o’z faoliyatini yuritayotgan tadbirkor Abduvali Karimov yengil tipdagi do’koniga kuchli shamol bo’ladigan holatda zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, ko’p yillik daraxtning qurigan qismini olib tashlash masalasida murojaat qilishni maqsad qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga yo’l olgan vaqtda xalq qabulxonasi mudiri O’. Hayitov hamda shahar hokimining ushbu mahalla bo’yicha tayinlangan yordamchisi O.Usmonaliyevlar bilan uchrashib o’zining murojaatini yo’lladi. Tadbirkor murojaati joyida o’rganilib, tahlil qilindi hamda ijobiy hal etilishi belgilandi. Joriy yilning 18-yanvar kuni tegishli mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida murojaatdagi masala joyida ijobiy hal etildi – daraxtning qurigan qismi shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’limi vakillari ishtirokida olib tashlandi. Murojaati joyida tezkorlik bilan ijobiy hal etilgan tadbirkor Abduvali Karimov o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati