Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro’yxatga olishning jamiyatdagi o’rni

Aholini dastlab ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan.Aholini ilk bor rasmiy ro‘yxatga olish 1790-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida, keyinchalik 1800 yilda Shvesiya va Finlyandiyada, 1801-yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro’yxatga olish tizimi yanada takomillashtirilgan. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholini ro‘yxatdan o‘tkazish 1897- yilda, keyinchalik esa 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. 2021- yil 11 noyabrda Vazirlar maxkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-sonli qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorga asosan, O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishni o’tkazish 2023-yilning 1-25 noyabr kunlariga belgilandi.

Shirin shahar statistika bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan