Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda har bir mas’ul rahbarning oldidagi eng birinchi galdagi vazifa – bu aholini rozi qilish. Shu sababdan, joylarda har bir rahbar ishtirokida sayyor qabullar, uchrashuvlar, ochiq mloqotlar tashkil qilinmoqda. Joriy yilning 12-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida Shirin shahar hokimi o’rinbosarlari, sektor rahbarlari o’rinbosarlari va tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.
Fuqarolar bilan o’tgan uchrashuvda ishga joylashish, uy-joy, nafaqa tayinlash kabi masalalarda jami 6 ta murojaat qabul qilinib, ushbu murojaatlardan 3 tasi ijobiy hal etildi, 1 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi va qolgan 2 ta murojaat muddat talab qilganligi sababli qat’iy nazoratga olindi. Shirin shahrida aholi bilan sayyor qabullar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar doimiy tashkil qilib kelinmoqda.