Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, endilikda mahalladagi yoshlar vakillari orqali yoshlar muammolarini yaqindan o‘rganish, ularga yechim topishda ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 11-yanvar kuni Shirin shahar hokimligida shahar hokimining o’rinbosari N. Alimova va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida mahalladagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ishga joylashish, harbiy xizmat badali, o’qish uchun to’lov-kontrakt mablag’i hamda sog’liqni saqlash masalalarida jami 6 ta murojaat qabul qilindi.
Uchrashuv davomida sog’liqni saqlash hamda to’lov-kontrakt mablag’lari yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar uchun huquqiy tushuncha berildi.
Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limi