Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi tomonidan 2021 yil o‘tgan 12 oy davomida ish yurituvga qabul qilingan jami 1997 ta 36 mlrd. 311,3 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 1667 tasi ijrosi tamomlanib, 33 mlrd. 510,7 mln. so‘mlik mablag‘lar undirilgan.
Shundan, jinoyat ishlari hamda ma’muriy sudlar hujjatlari asosida kelib tushgan 384 ta 606,2 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 343 ta 334,2 mln. so‘mi, iqtisodiy sudlar hamda soliq organlari qarorlari bo‘yicha 233 ta 30 mlrd. 478,3 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 221 ta 28 mlrd. 839,2 mln. so‘mi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yuborilgan hujjatlar asosida 570 ta 4 mlrd. 470,9 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 511 ta 4 mlrd. 194,2 mln. so‘mi undirilib, ijrosi tamomlangan.
Shu jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlari yuzasidan undiriuvlar bilan bog‘liq 73 ta 6 mlrd. 876,5 mln. so‘m, tijorat banklari va kommunal tashkilotlar foydasiga 172 ta 8 mlrd. 239,2 mln. so‘m, hamda 51 nafar fuqarolarga 167,4 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berilishi ta’minlangan. Faoliyatning yana bir dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Shirin shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 13 nafar ishsiz aliment to‘lovchi qarzdorlar ish bilan bandligi ta’minlangan bo‘lsa, aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan 1 nafar qarzdorga nisbatan jinoyat ishi va 8 nafar qarzdorlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar yuritilib mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudlarga yuborilgan.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati