Shirin shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jami hozirgi kunga qadar 216 nafar bo‘lib shulardan, 141 nafari 13.03.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik to‘g‘risida”gi 610-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2021-yil 14-iyun kunidagi O‘RQ-696-sonli qonuning 6-moddasi asosida tan olishga hujjat topshirgan bo‘lib, shulardan 141 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindi va ushbu fuqarolarga Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2021-yil 14-iyun kunidagi O‘RQ-696-sonli qonuning 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yuzasidan arizalar qabul qilish ishlari davom etmoqda, hozirgi kunda shahar IIB MvaFRG tomonidan ushbu qonuning mazmun mohiyatini mahallalarda o‘tkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda shahar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o’rtasida tushuntirish ishlar olib borilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmonini ijrosini Shirin shahar IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan 2021-yil davomida 754 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartalar berildi, 52 nafar fuqarolgi bo‘lmagan shaxslarga ID-kartalar berildi, 65 nafar doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga ID-kartalar berildi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilishlari mumkin.
Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi